YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH


Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turarjoylar bilan ta’minlash, ularni oilaviy bolalar uylariga joylashtirish, hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining  Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo`ll`b duvvatlashga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida qaror qilindi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ko‘chmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan ko‘p kvartirali uylar, tegishli tuman (shahar)da ko‘chmas mulk birlamchi bozorida ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lmaganda, hududiy "Xalqparvar” komissiyalari xulosasiga asosan kvartiralar ko‘chmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilingan uylar hisobidan ajratiladi.

Nizomga asosan har bir yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga uy-joy olish huquqi bir marta beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘quv-tarbiya muassasalariga yuborishda hamda farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) berishda tuman (shahar) hokimining qarori bilan uning yashash joyi bo‘yicha uy-joyini bolada saqlab turish kafolati belgilanadi.

Shininngdek, biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘quv-tarbiya muassasalarida, farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarda bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida uy-joyga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘quv-tarbiya muassasalariga yuborishda hamda farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) berishda ota-onalar yoki boshqa shaxslar tomonidan sotib yuborilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishi natijasida bolalar mavjud uy-joydan mahrum bo‘lgan holat aniqlangan taqdirda kotibiyat yoki bolaning qonuniy vakillari bitimni haqiqiy emas deb topish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishlari shart.

Bunda tuman (shahar) hokimining qarorida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobida uy-joyning saqlab turilishi uni haqiqatda qaytarib olish bo‘yicha sudning tegishli qarori ijro etilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi ko‘rsatiladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uy-joyga muhtoj yetim bolalar ro‘yxatida turganida yoki biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lganida, yetim bolaning yoshi 23 yoshdan katta bo‘lmagan davrda, ta’lim muassasalarida, ijtimoiy uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida meros bo‘yicha hamda davlat tomonidan beriladigan uy-joy olishga va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.

Quyidagi holatlardan birida, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning ular o‘z hisobida saqlab turilgan meros huquqidagi uy-joyga qaytib borishi mumkin emas deb hisoblanadi:

a) meros huquqidagi uy-joyda quyidagi shaxslar yashayotgan taqdirda:

ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar, jumladan, voyaga yetmagan bolalarning nomusiga tajovuz qilish yoki boshqa og‘ir jinoiy hatti-harakatlari uchun ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar;

farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) majburiyatlarini bajarishdan ozod etilgan yoxud chetlashtirilgan shaxslar;

quyidagi kasalliklarga chalingan shaxslar:

I, II, V guruh dispanser hisobidagi barcha joylashinuv shaklidagi sil kasalliklari (faol va surunkali);

barcha joylashinuvli yomon sifatli onkologik kasalliklar;

narkologik kasalliklar (alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya);

aqli zaiflikning barcha turlari;

tanosil kasalliklarining maishiy yo‘l bilan yuquvchi turlari (zaxm, so‘zak);

b) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola hisobida saqlab turilgan uy-joydan u o‘quv-tarbiya muassasasida, farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) qaramog‘ida bo‘lgan davrida sotish va boshqacha tarzda begonalashtirish natijasida mahrum bo‘lganligi, agar uy-joyni haqiqatda qaytarib olish bo‘yicha sudning ijro etilgan qarori bo‘lmasa;

v) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning mustaqil hayotga kirishida ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga to‘sqinlik qiladigan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda.

Uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxatining "onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilishi va doimiy yangilanishi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan holda oilaning ikkinchi a’zosi ham uy-joy bilan ta’minlangan deb hisoblanadi va teng mulkiy huquqqa ega bo‘ladi.

Nogironligi bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kvartiralar ko‘p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga to‘lgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qo‘yish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda o‘zi va oila a’zolari (eri yoki xotini, farzandlari) dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish huquqisiz ajratiladi.

Bunda, yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.

 

 

Navbahor tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsult Farid Soibov

 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.