UY-JOY SOTIB OLISH IMKONIYATLARI KENGAYDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-377-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarga ipoteka krediti va subsidiya ajratish jarayonidagi byurokratiyani keskin qisqartirish hamda ushbu jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida 2022-yil 1-dekabrdan boshlab:
a) subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyalar tarkibi maqbullashtirilib, undan Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i va tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori chiqariladi;
b) subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish (baholash) tartibi bekor qilindi. Bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari "subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;
v) subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritildi:
yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari.
Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.
Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2022-yil 1-noyabrga qadar 2020 — 2022-yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha to‘lanmay qolgan subsidiyalarni to‘liq to‘lash choralari ko‘riladi. 
2022-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti to‘lov layoqati va boshqa shaxslarni jalb qilish huquqidan kelib chiqib, tegishli hudud uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorigacha ajratiladi.


Navbahor tumani Adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi To’rayev Umidjon Raxmonqulovich
UY-JOY SOTIB OLISH IMKONIYATLARI KENGAYDI

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.