YASHIL MAKON

NAVBAHOR TUMANIDA YASHIL MAKON LOYIHASI DOIRASIDA "YASHIL YILLIK" UMUMMILLIY TADBIRI OʻTKAZILDI
Bugun Navoiy viloyati hokimi N. Tursunov boshchiligida tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlari, Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi tuman Kengashi vakillari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, nuroniylar, xotin-qizlar va keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirokida Navbahor tumanida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumiga start berildi.
Shuningdek, tadbir davomida bogʻ yaratib, katta tajribaga ega nuroniy otaxonlar tadbir ishtirokchilariga daraxt koʻchatini oʻtqazish boʻyicha oʻz tajribalarini aytib oʻtishdi.
Navbahor tumani 2-sektor hududi Armijon mahallasining 7 gektar bo‘sh turgan yer maydoni hududida Navbahor tuman hokimligining "Yashil bog’i” tashkil etilib, ushbu bog‘ga 35 ming dona tut daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.