Yoshlarning saylov jarayoniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, yoshlarning saylov qonunchiligi va jarayoni to‘g‘risidagi bilim-ko'nikmalarini kuchaytirish hamda yosh saylovchilarni siyosiy jarayonlarda uyushqoqliklik bilan ishtirok etishini taʼminlash maqsadida Navbahor tumanidagi 9-maktabda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi va boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda "Saylov 2021" loyihasi doirasida "Zakovat" intellektual ring o'yini tashkil etildi. Intellektual o'yinda 4 ta sektor bo'yicha yoshlar ishtirok etishib, qizg'in davom etgan o'yinda 3-sektor yoshlari g'alaba qozondilar. "Zakovat" intellektual ring o'yinida ishtirok etgan yoshlar Viloyat Kengashining diplom va sertifikatlari bilan taqdirlandilar.