NAVBAHOR TUMANIDA HAM PAXTA TERIMI BOSHLANDI

Viloyat hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi «Navbahor tekstil» MCHJ ga qarashli paxta to‘qimachilik klasterida ushbu hududda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va qishloq xo‘jaligi tizimi xodimlari, mahalla raislari hamda mas’ullar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik, birdamlik bilan boshlash, hosilni nes-nobudsiz yig‘ib olish, paxta dalalarida terimchilar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish jumladan, traktor, tirkamalar, tarozi, issiq ovqat, o‘z vaqtida paxtani o‘lchash, terim pullarini o‘z vaqtida terimchilarga berish, ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirib borish bo‘yicha fikr almashildi.
Joriy yilda tumanda 2023-yil hosili uchun 185 ta fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan 6600 gektar maydonga chigit ekilib, 24700 tonna paxta xom-ashyosini sotish bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.