23.11.2023
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarish, shuningdek elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslari bilan integratsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) yangi versiyasi ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yagona portalda joriy etish maqsadida davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
Yagona portalda davlat xizmatlariga bo‘lgan eng ko‘p talabni baholash natijasida aniqlangan eng ko‘p talab qilinadigan davlat xizmatlari joriy etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish “O‘zinfokom” markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zinfokom” markazi deb ataladi) Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan shartnoma asosida talabgor elektron davlat xizmatlarini Yagona portalda va rasmiy veb-saytlarda joriy etishda ishtirok etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari va to‘lov tizimlari operatorlari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
- “O‘zinfokom” markaziga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
Yagona portalni texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish;
Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam ko‘rsatish;
Yagona portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
Yagona portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarining ro‘yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni ta’minlasin:
ikki oy muddatda davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
davlat organlari bilan birgalikda mavjud bo‘lgan eng talabgor bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini Yagona portalning yangi versiyasiga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
davlat organlariga Yagona portaldagi davlat organining shaxsiy kabinetidan foydalana olishlarini ta’minlash.
- Davlat organlari:
bir hafta muddatda markaziy apparatning va ularning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan xodimlarini belgilasinlar, ularni “Elektron hukumat” (id.gov.uz) tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish Yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi so‘rovi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarini avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish uchun tegishli veb-servislar ishlab chiqilishini va kuzatib borilishini ta’minlasinlar.
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-sentabr,
728-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) maqsadini, vazifalarini va ish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning amal qilishi davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) rasmiy veb-saytlari va mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibiga ham tatbiq etiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Yagona portal axborot, uslubiy, texnik kuzatuvi va ma’murchiligi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “O‘zinfokom” markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zinfokom” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladigan “Elektron hukumat” tizimi bazasida faoliyat ko‘rsatadi.
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini:
davlat organlari rasmiy veb-saytlarida tegishli havola (giperhavola)ni joylashtirish yo‘li bilan;
mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlari o‘zlarining mobil ilovalarida axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda joriy qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
- Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri — davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan hamda Yagona portalda e’lon qilinadigan elektron davlat xizmatlarining to‘liq ro‘yxatini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa axborotni o‘z ichiga olgan butunjahon Internet tarmog‘idagi ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursi;
“Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (Identifikatsiyalashning yagona tizimi) — jismoniy va yuridik shaxslarning haqiqiy identifikatsiyalanishini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini ta’minlovchi davlat axborot tizimi;
so‘rov — jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmati ko‘rsatish uchun davlat organlariga yuboriladigan talabi;
idoralararo elektron hamkorlik — davlat organlari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali ma’lumotlar almashuvi;
elektron davlat xizmati reglamenti (Reglament) — elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;
elektron hujjatlarning repozitoriysi — elektron hujjatlarni qayta ishlashni va saqlashni ta’minlovchi, shuningdek Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etuvchi axborot resursi;
elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
2-bob. Yagona portalning maqsadi va vazifalari
- Quyidagilar Yagona portalning maqsadlari hisoblanadi:
ariza beruvchilarga davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlovchi axborot tizimlarining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashuvini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish orqali ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish.
- Yagona portal quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
ariza beruvchilarga elektron davlat xizmatlaridan kafolatlangan va xavfsiz foydalana olishlarini ta’minlash;
elektron davlat xizmatlari olish uchun so‘rovlarni va boshqa hujjatlarni yo‘llash hamda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasini qabul qilish;
davlat organlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish yuzasidan so‘rovlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijasini ariza beruvchilarga yuborish imkoniyatini yaratish;
to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn-to‘lov imkoniyatlarini amalga oshirish;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning holati va borishini kuzatish;
elektron hujjatlarni shakllantirish, saqlash va ularning haqiqiyligini tekshirish;
kelib tushgan so‘rovlar va ko‘rsatilgan elektron davlat xizmatlar asosida statistik ma’lumotlarni shakllantirish.
3-bob. Elektron davlat xizmatlari turlari va tasnifi
- Yagona portalda elektron davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash mezonlariga muvofiq tahlil qilgan holda joriy qilinadi.
- Elektron davlat xizmatlari foydalanish uchun qulay bo‘lishi va ariza beruvchilarning ehtiyojlari hamda manfaatlariga mos bo‘lishi kerak.
Yagona portalning asosiy tili davlat tili hisoblanadi, shuningdek qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa tillardagi versiyalari ham bo‘lishi mumkin.
- Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari shaklida ko‘rsatilishi mumkin.
Ariza beruvchilarning axborotga ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish va boshqacha tarqatish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmati axborot davlat xizmati hisoblanadi.
Ariza beruvchiga ushbu shaxs va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organi o‘rtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yo‘li bilan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmati interaktiv davlat xizmati hisoblanadi.
Interaktiv davlat xizmati avtomatlashtirilgan davlat xizmati shaklida amalga oshirilishi mumkin, uning ko‘rsatilishi faqat axborot tizimlaridan va “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlar bazalaridan, shu jumladan idoraviy axborot resurslari va ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
- Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida taqdim etiladigan axborot dolzarb, ishonchli bo‘lishi va ruxsatsiz foydalana olish, chiqib ketishi, yo‘q qilinishi, buzib ko‘rsatilishi, blokirovka qilinishdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Elektron davlat xizmati ko‘rsatish yoki undan foydalanish jarayonlarining ishtirokchisi bo‘lmagan shaxslarga elektron davlat xizmati ko‘rsatilishida Yagona portalda shakllangan ma’lumotlardan Vazirlik bilan kelishilmagan holda foydalanish taqiqlanadi.
- Elektron davlat xizmatlari pulli yoki bepul ko‘rsatiladi.
Pulli elektron davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun ariza beruvchilar tomonidan to‘lovni amalga oshirish tartibi va usullari Reglamentda belgilanadi.
Davlat organlari Reglamentda nazarda tutilgan holatlarda, shu jumladan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari va tartib-taomillari qisqartirilishida elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun boshqa to‘lov miqdorini belgilashi mumkin.
- Ariza beruvchilarning haqiqiyligini ta’minlash darajasi bo‘yicha elektron davlat xizmatlari quyidagilarga bo‘linadi:
past — shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilmaydigan xizmatlar;
o‘rta — haqiqiy shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan xizmatlar;
yuqori — ularni ko‘rsatish uchun so‘rovlar elektron raqamli imzodan foydalanib yuboriladigan xizmatlar.
Davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ariza beruvchilarning haqiqiylik darajasini Vazirlik bilan kelishgan holda belgilaydi.
4-bob. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi
- Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar Reglamentda belgilanadi.
Reglament davlat xizmati ko‘rsatish natijasini taqdim etuvchi davlat organi tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va kelishuv Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida ro‘yxatga olish uchun asos hisoblanadi.
- Reglament:
elektron davlat xizmati bir nechta davlat organlari ishtirokida ko‘rsatilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
elektron davlat xizmati bitta davlat organi tomonidan ko‘rsatilgan taqdirda — tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
- Reglamentda quyidagilar bo‘lishi kerak:
davlat xizmatining nomi;
uni ko‘rsatishning quyidagi tartibotlari tavsifi:
- a) ariza beruvchidan so‘rovni qabul qilish tartiboti bo‘yicha:
elektron davlat xizmati ko‘rsatiladigan shaxslar toifasi;
so‘rov berish usuli;
so‘rovda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar (arizadagi ma’lumotlar ro‘yxati, ariza blankasi);
so‘rov elektron shaklda berilganda ariza beruvchi haqiqiyligining talab qilinadigan darajasi;
elektron davlat xizmati ko‘rsatish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning ro‘yxati va namunalari;
- b) so‘rovni ko‘rib chiqish va qayta ishlash tartibotlari bo‘yicha:
elektron davlat xizmati ko‘rsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan olinadigan ma’lumotlar ro‘yxati va tarkibi hamda ularni taqdim etuvchi (oluvchi) davlat organlari ro‘yxati;
so‘rovni ko‘rib chiqish (qayta ishlash) muddatlari va usuli, axborot tizimidan foydalanilgan taqdirda — uning davlat organlari davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestridagi nomi va tartib raqami;
so‘rovni ko‘rib chiqish (qayta ishlash) muddatlari;
xizmat ko‘rsatish narxi va to‘lov usuli (xizmat pulli bo‘lgan taqdirda);
- v) natijani saqlash va javobni yuborish tartiboti bo‘yicha:
davlat xizmati ko‘rsatish natijasini saqlash usuli va turi;
davlat xizmati ko‘rsatish natijasini taqdim etish shakli;
davlat xizmati ko‘rsatilishini rad etish uchun asoslar.
- Elektron davlat xizmatini joriy etishda Reglament bilan birgalikda Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatning (keyingi o‘rinlarda Texnik hujjat deb ataladi) bo‘lishi ham talab etiladi.
- Texnik hujjat davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlik huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda “O‘zinfokom” bilan kelishilgandan so‘ng Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
- Texnik hujjatda Yagona portalda joriy etiladigan elektron davlat xizmatini tuzish va loyihalashtirishda talab etiladigan grafik va yozuvli ma’lumotlar, shu jumladan quyidagilar:
elektron davlat xizmati ko‘rsatilayotgan shaxslar toifasi;
elektron davlat xizmati ko‘rsatilishi tartibi va bosqichlarining tasnifi;
elektron davlat xizmatining texnik ko‘rsatkichlari;
elektron davlat xizmatini ko‘rsatish muddati va unga mas’ul bo‘lgan davlat organlarini ko‘rsatgan holda tartibining grafik tasviri;
davlat xizmatini ko‘rsatish narxi va to‘lov usullari (xizmat pulli bo‘lgan taqdirda);
ariza beruvchidan so‘rovni qabul qilishda, so‘rovni ko‘rib chiqishda, natijasi saqlanishida hamda javob yo‘llanishida tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona portal bilan davlat organlari va mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining tegishli axborot tizimlari idoralararo elektron hamkorligi tartibi mavjud bo‘ladi.
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Texnik hujjat elektron davlat xizmatining texnik jihatdan amalga oshirilishi uchun talab etiladigan boshqa turdagi ma’lumotlarni ham o‘zida jamlashi mumkin.
- Yagona portalda elektron davlat xizmatlari quyidagilar orqali taqdim etiladi:
ariza beruvchining shaxsiy kabineti;
davlat organining shaxsiy kabineti.
Yagona portaldagi shaxsiy kabinetga kirish qonunchilikda belgilangan tartibda Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali amalga oshiriladi.
- Elektron davlat xizmatlari olish uchun so‘rovlar ariza beruvchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
- Ariza beruvchining shaxsiy kabineti elektron davlat xizmatidan foydalanish, elektron davlat xizmatini ko‘rsatish holatini kuzatib borish, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash hamda elektron davlat xizmat ko‘rsatish sifatini baholash imkoniyatlarini beradi.
Ariza beruvchining shaxsiy kabineti “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridagi, shu jumladan idoraviy axborot resurslari va ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlar asosida foydalanuvchilarni ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan elektron davlat xizmatlari haqida xabardor qilish imkonini beradi.
- Elektron davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha so‘rovlarni qabul qilish va ularga javob yuborish davlat organining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
Bunda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari xizmatni ko‘rsatish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan mustaqil ravishda oladi.
Elektron davlat xizmati ko‘rsatish uchun so‘rovni ko‘rib chiqish va qayta ishlash, uni ko‘rsatish natijasini saqlash idoralararo va idoraviy axborot tizimlaridan, shu jumladan axborot resurslari va ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
- Davlat organining shaxsiy kabineti elektron davlat xizmati ko‘rsatishda kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va taqdim etish imkoniyati orqali davlat organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan kelib tushgan so‘rovlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
- Davlat organining kabinetidan foydalanish huquqi vakolatli mansabdor shaxsga mazkur davlat organi rahbarining rasmiy so‘rovi asosida Vazirlik tomonidan taqdim etiladi.
Davlat organining rasmiy so‘rovida Yagona identifikatsiyalash tizimi ro‘yxatidan o‘tgan elektron davlat xizmati ko‘rsatish uchun davlat organi vakolatli mansabdor shaxslari haqida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
- a) vakolatli mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
- b) egallab turgan lavozimi;
- v) foydalanuvchiga Yagona identifikatsiyalash tizimida identifikatsiyalash uchun berilgan ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
- Davlat organlarining elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari elektron hukumatning infratuzilmasi bilan integratsiyalashgan va qonunchilikda belgilangan talablarga mos bo‘lishi kerak.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
- Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda, uni ko‘rsatish natijasi ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha shakllantiriladi va taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Yagona portalda hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali shakllantirilgan elektron hujjatlar shaklidagi elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish natijalari davlat organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda qog‘oz manbada beriladigan hujjatlarga tenglashtiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
- Ariza beruvchi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha so‘rovini ko‘rib chiqish natijasi to‘g‘risidagi javobni olish shaklini tanlash huquqiga ega.
Agar ariza beruvchi so‘rovda javobni qog‘oz manbada yuborish talabini ko‘rsatgan bo‘lsa, davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasi jismoniy shaxs xohishiga ko‘ra doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatda turgan pochta manzilidagi joyiga, yuridik shaxsga esa — pochta manziliga muvofiq joylashgan joyiga yuboriladi.
5-bob. Elektron hujjatlar repozitoriysi
- Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish natijalari davlat organlaridan elektron hujjat shaklida olingan ma’lumotlar asosida ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.
- Ariza beruvchi Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatni qog‘oz nusxasini ariza beruvchining shaxsiy kabineti orqali olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- Elektron hujjatlarning qog‘ozli manbadagi nusxalari davlat xizmatlari olish uchun an’anaviy so‘rovda ularni ariza beruvchilar tomonidan taqdim etish uchun mo‘ljallangan (shaxsan kelib, pochta yoki faksimil aloqa orqali).
Oldingi tahrirga qarang.
- Davlat organlari Yagona portalda hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali shakllantirilgan elektron hujjatni Elektron hujjatlar repozitoriysining rasmiy veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR–kodni skaner qilish yo‘li bilan ariza beruvchilardan olingan elektron hujjatlarning qog‘ozli manbadagi nusxalarining haqiqiyligini tekshirish va ular bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
- Davlat organlari idoraviy axborot tizimlaridan va ma’lumotlar bazalaridan taqdim etiladigan axborotning haqiqiyligi va dolzarbligini ta’minlaydi.
- Vazirlik Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlardagi axborotning buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi va idoraviy axborot tizimlaridan olingan elektron shakldagi axborotning muvofiqligini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qat’iyan taqiqlanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
- Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
- Davlat organlarining rahbarlari elektron xizmatlar ko‘rsatilishini asossiz rad etish va ularning sifatsiz taqdim etilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Ariza beruvchilar noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganliklari, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun tuhmat va haqoratlardan iborat so‘rovlar berganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali logotipining tasviri |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri |
(Davlat organining nomi) |
||||||||||||
№ ABC-123456789-DEF |
||||||||||||||
KK.OO.YYYY |
||||||||||||||
Kimga berilgan: ____________________________________________________ |
||||||||||||||
Oluvchining FIO/Tashkilotning nomi (oluvchi) |
||||||||||||||
Oluvchining identifikatsiya raqami: ____________________________________ |
||||||||||||||
PINFL/STIR |
||||||||||||||
Hujjatning turi (Ma’lumotnoma, guvohnoma, bildirishnoma va shu kabilar) |
||||||||||||||
Hujjatni imzolagan shaxs ___________________________________________ |
||||||||||||||
FIO (davlat organi rahbari) |
||||||||||||||
Hujjatning haq�qiylik muddati: _____________________________________ |
||||||||||||||
KK.OO.YYYY (____kun) |
||||||||||||||
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. |
|
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)
- Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali to‘g‘risidagi nizomda:
- a) 6-bandning birinchi xatboshidagi “rahbar yoki rahbar tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa shaxs” so‘zlari “mansabdor shaxslar, davlat organining rahbarlari yoki o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa vakolatli shaxs” so‘zlari bilan almashtirilsin;
- b) 10-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Portalga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam berish”;
- v) 11-bandning uchinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
- g) 13-banddagi “tegishli” so‘zidan keyin “manbalari bo‘lmish” so‘zlari qo‘shilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
- Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 8-son, 50-modda.), shuningdek qarorga 2-ilova.
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining davlat axborot resurslarini hamda interaktiv davlat xizmatlarini hisobga olishni takomillashtirishga oid ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 20-avgustdagi 239-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 8-son, 61- modda).
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 38-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 3-son, 12-modda).
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qaroriga 3-ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 6-son, 25-modda).
- Vazirlar Mahkamasining “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 1-fevraldagi 24-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 2-son, 3-modda).
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 87-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 11-son, 79-modda).
- Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 12-son, 95-modda).
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 5-son, 34-modda).
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 55-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 9-son, 64-modda).
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 7-son, 73-modda).
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 3-son, 22-modda).
- Vazirlar Mahkamasining ““Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 6-son, 47-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son, 1037-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)