29.04.2025
Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov tumandagi "Oila va xotin-qizlar maskani" ning ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda bosh vazir o'rinbosari Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Zulayxo Mahkamova, Adliya vazirining o'rinbosari No'mon Muhammadiyev, viloyat hokimining o'rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Malika Mamadiyarova hamda bir qancha mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
Ushbu maskan tumandagi xotin-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, tadbirkorlikka o'qitish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, oila farovonligini ta'minlash kabi masalalar bo'yicha xotin-qizlarga ko'mak bo'ladigan maskan sifatida o'z faoliyatini boshladi.
Ushbu binoda psixolog xonasi, mediatsiya xizmati va korreksion dastur o'tkazish xonasi, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash xonasi hamda huquqshunos xonasi mavjud.