XALQ DEPUTATLARI NAVBAHOR TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OLTMISH TO'RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 21-sentyabr kuni Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining navbatdagi oltmish to'rtinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Ismoilov Nuriddin Muydinxonovich, Spiker o'rinbosarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, jamoat va boshqa tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga asosan 2 ta masala, yaʼni Navbahor tumanida 2023 – 2024-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda "Yashil energiya” resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi masalalar muhokama etildi.
Tumanda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali turar joy fondini 2023-2024-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida shtab tashkil etilgan.
Shtabda tunu-kun ishlaydigan +99879-562-18-94 Ishonch telefoni yoʻlga qoʻyilgan hamda aholi murojaat qilishi va buyurtmalarni qabul qilish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Koʻp qavatli uy-joy fondi boʻyicha:
Koʻp qavatli uy-joy fondini 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 723,0mln soʻm (Respublika byudjetidan 723,0mln.soʻm,)mablagʻlar ajratilishi belgilangan boʻlib, ushbu mablagʻlar evaziga 7ta koʻp qavatli uylarning elektr shitlarini taʼmirlash, 3 ta uyning fasad qismini taʼmirlash rejalashtirilgan.
Bugungi kunda boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan koʻp qavatli uylarning tom qismi va tarnovlari joriy taʼmirlandi. Tuman hokimligi tomonidan 20,0 mln.soʻm mablagʻ evaziga kanalizatsiya tizimida taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. 11 ta koʻp qavatli uylarga energiya tejamkor lampalar oʻrnatish ishlari yakunlandi.
Sessiyada kun tartibidagi ikkinchi masala, Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda "Yashil energiya” resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Jumaboyev axborot berdi.
Tumandagi ijtimoiy soha obyektlari va davlat tashkilotlariga 890 kvt quyosh panellari oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, 569 kvt quyosh panellari oʻrnatildi va belgilangan reja 63 foizga bajarildi.
Tumandagi tadbirkorlik subyektlariga 622 kvt quyosh panellari oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, 200 kvt quyosh panellari oʻrnatildi va belgilangan reja 32 foizga bajarildi.
Tumandagi aholi xonadonlariga 870 kvt quyosh panellari oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, 301 kvt quyosh panellari oʻrnatildi va belgilangan reja 34 foizga bajarildi.
Tuman boʻyicha jami 2382 kvt quyosh panellari oʻrnatish belgilangan boʻlib, amalda 1125 kvt quyosh panellari oʻrnatilib, belgilangan reja 47 foizga bajarildi.
Sessiya yakunida ko'rilgan masalalar yuzasidan deputatlar munosabat bildirishib tegishli qarorlar qabul qilindi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.