Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foizda quyidagilar uchun ajratiladi:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
chorvachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, "dala do‘konlari” qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilga;
bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;
oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha;
"Hunarmand” uyushmasi a’zolariga asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha.
Mazkur kreditlar "Agrobank” ATB, AT "Xalq banki” va "Mikrokreditbank” orqali ajratiladi.

Navbahor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i E.Fayzullayev

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.