ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH ENG MUHIM VAZIFA

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi Keskanterak mahallasi hududida joylashgan Madaniyat markaziga  tashrif buyurdi. 

Tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari bilan birgalikda yig‘ilish o‘tkazdi. 

Ushbu yig‘ilishda viloyat va tuman mutasaddilari, sektor rahbarlari, tumandagi tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirok etishdi. 

Yig‘ilish davomida bugungi kunda aholini xonadonbay o‘rganish ishlarini amalga oshirish, buning natijasida ishsizlar soni har-bir xonadonda nechtaligini aniqlash va ularni ish bilan ta’minlash masalasi dolzarb vazifa sifatida ta’kidlandi. 

Viloyat rahbari mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag‘allikni qisqartirish, aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ishsizlarni ish bilan band etish, aholi o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.