O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navbahor tuman kengashi sardorlari ziyoratgohlarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirilmoqda.
Bugun Navbahor tuman sardorlar Kengashi aʼzolari tomonidan Navbahor tumani Kelachi mahallasi hududida joylashgan "Xonxo‘ja Eshonbobo" ziyoratgohida bo‘lishdi.
Ziyorat chog‘ida sardorlar ziyoratgohni tarixi bilan tanishdilar, ziyoratgohdagi mavjud tarixiy obidalarni tomosha qildilar, shundan so‘ng yoshlar tomonidan ziyoratgoh hududini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi. Tarixiy obidalarni, ziyoratgohlarimizni o‘z holatida kelajak avlodga yetqazib berish biz yoshlarning burchimiz vazifamiz hisoblanadi va biz doim harakatdamiz.