FAVQULODDA VAZIYATLAR SODIR BOLGANDA...

"Navbahor-Yangi yol gaz toldirish shoxobchasida "Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bolganda, obekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tuman FVDT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus taktik oquv mashqi otkazildi. 
Oquv mashqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, "Hududgaz Navoiy" gaz taminoti filiali va tuman bolimlaridan vakillar ishtirok etdi.
Gaz toldirish shoxobchasida avariya vaziyatlarini bartaraf etish rejasining amaliyligini tekshirish, rahbar tarkib, fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibining favqulodda vaziyatlardagi harakatini amalda sinash, shuningdek, fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishdagi tajriba va malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda soha xodimlarining tayyorgarlik darajasi sinovdan otdi.
Dastlab, "yigin signali orqali shaxsiy tarkib va fuqaro muhofazasi   tuzilmalari yigilib, kuch   va vositalarning saf korigi tashkil etildi.
Shundan song, maishiy gaz ballonlariga gaz toldirish binosida shartli ravishda sodir bolgan favqulodda holatdagi jabrlanuvchilar zudlik bilan qutqarildi va birinchi zarur yordam korsatildi.
Gaz toldirish shoxobchasida avtosisternadan gazni quyish holatida (sigimli rezervuarda) kelib chiqqan yongin (shartli) bartaraf etildi. Holat yuzasidan shaxsiy tarkibga malumot berildi.
Obektdagi havo toldirgich (kompressor) xonasida mavjud zulfinlarda aniqlangan gaz sizib chiqish holatlari (shartli) ham maxsus tuzilma yordamida bartaraf etilib, xavfsizlik taminlandi.  
Ushbu tadbirga gaz toldirish shoxobchasi xodimlari, zarur texnikalar va himoya vositalari jalb etildi. 
Tadbir songgida yutuqlar va yol qoyilgan kamchiliklar muhokama etildi. Shoxobcha favqulodda vaziyatlarga "tayyor", deb topildi.

"Hududgaz Navoiy" gaz taminoti filiali matbuot xizmati
FAVQULODDA VAZIYATLAR SODIR BOLGANDA...
FAVQULODDA VAZIYATLAR SODIR BOLGANDA...
FAVQULODDA VAZIYATLAR SODIR BOLGANDA...
FAVQULODDA VAZIYATLAR SODIR BOLGANDA...

қ , , CTRL + ENTER .