08.11.2023
Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining
VI chaqiriq 65-sessiyasi
Joriy yilning 12 oktyabr kuni Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining 65-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, jamoat va boshqa tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga asosan 3 ta masala, ya'ni Navbahor tumanida 2023 yilning o‘tgan davri davomida hududiy investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport prognozlarining bajarilishi to‘g‘risida, Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta'minlash va zahirasini shakllantirish to‘g‘risida hamda Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining Navbahor tumanidagi ijrosi to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2022 yil 11 dekabrdagi 101-sonli yig‘ilish bayoniga asosan Navbahor tumanida 2023 yilda umumiy qiymati 847,8 mlrd. so‘mlik 62 ta loyihalarni ishga tushirish hisobiga jami 870 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Yanvar-sentyabr oylarida hududiy investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 155 mlrd.so‘m bo‘lgan, 27 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 256 nafar ish o‘rinlari yaratildi.
Bundan tashqari, yil yakuniga qadar umumiy qiymati
50 mln.dollar bo‘lgan 35 ta sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish soxalaridagi loyixalarni foydalanishga topshirish reja qilingan, ushbu loyixalarni ishga tushirish xisobiga 614 nafar bo‘sh ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi.
Sessiyada kun tartibidagi ikkinchi masala, Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta'minlash va zahirasini shakllantirish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Jumaboyev axborot berdi.
Navbahor tumanida istiqomat qilayotgan 118,8 ming nafar aholi ehtiyoji uchun 14,9 ming tonna kartoshka, 4,1 ming tonna piyoz, 4,1 ming tonna sabzi, 1,2 ming tonna guruch, 16,6 ming tonna un, 2,4 ming tonna o‘simlik yog‘i, 5,1 ming tonna go‘sht, 1,7 ming tonna parranda go‘shti, 28,0 mln dona tuxum talab qilinadi.
Joriy 2023 yilda asosiy ekin maydonlariga 953 gektar kartoshka, 1720 gektar moyli ekinlar, 1836 gektar dukkakli ekinlari, 350 gektar sholi, 2750 gektar ozuqa ekinlari, 2312 gektar sabzavot ekinlari ekilishi ta'minlandi.
Jumladan, 78,2 ming tonna sabzavot (o‘tgan yilga nisbatan 5,2 ming tonna ko‘p), 26,5 ming tonna poliz (o‘tgan yilga nisbatan 1,4 ming tonna ko‘p), 65,7 ming tonna donli ekinlar (o‘tgan yilga nisbatan 3 ming tonna ko‘p), 16,0 ming tonna kartoshka (o‘tgan yilga nisbatan 1,2 ming tonna ko‘p), 28,8 ming tonna meva (1,7 ming tn ko‘p), 23,6 ming tonna uzum (1,1 ming tn ko‘p) yetishtirilib aholi iste'moliga yetkazib berilishi ta'minlanmoqda.
Shuningdek kun tartibidagi uchinchi masala, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Navbahor tumanidagi ijrosi to‘g‘risida” O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Navbahor tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Abdiyev hisobot berdi.
Tumandagi 27140 nafar 14-30 yoshdagi yoshlar uchta toifalarga ajratildi. Xususan, 16 411 nafari yashil toifa, 10 729 nafari sariq toifa hamda 635 nafari qizil toifaga ajratib olindi.
Yoshlar bilan individual ishlash tizimini joriy etish maqsadida viloyat hamda tuman korxona va tashkilotlarning 31 nafar rahbarlariga tumandagi 635 nafar yoshlar biriktirilgan holda yoshlar bilan ishlash yuzasidan 41 ta mahalla, 4 ta sektor, tuman “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.
Yoshlar bilan individual ishlash tizimini monitoring qilish maqsadida “Yoshlar markazi” binosida alohida shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yoshlar muammolarini bartaraf etish holati kunlik o‘rganib chiqilmoqda.
Joriy yilning 09 oktyabr holatiga, tuman shtabi tomonidan amalga oshirilgan tahlillarga ko‘ra, “Qizil” toifadagi 635 nafar yoshlardan 635 nafari (100 %) bilan bevosita uchrashib suhbatlashilgan va yoshlarning 260 ta (40,1 %) muammolari aniqlangan bo‘lib, ularning 254 tasi (97,7 %) ijobiy hal etilgan.
Maxalladagi yoshlar yetakchilari ta'lim muassasalaridagi o‘quvchilarni hamda uyushmagan yoshlarni tizimli ravishda loyiha va tadbirlar tashkil etib, o‘quvchi yoshlarning faol ishtirokini ta'minlab kelmoqda.
Jumladan, Yoshlarni amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish orqali, ularning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni sport o‘yinlariga ommaviy tarzda jalb qilish, jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik xayotiga muxim vazifa sifatida kiritish, sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan vatanparvar, ma'suliyatli, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida “Ertalabki badantarbiya”, “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam”, “Velomarafon”, Korxona va tashkilotlardagi Yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yoshlar” kubogi sport musobaqalari,“Yoshlar” shaxmat taxtasi”ochiq turnirini yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Men ham askar bo‘laman”, “Futbol” musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda hamda barcha sport tadbirlarida g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanmoqda.