YANGI BILIM MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
04.04.2025
2024-yilda tashabbusli byudjet loyihasining 2-bosqichida 1mlrd 137 mln so’mlik 96 o’rinli o’quv binosi yutib olindi.
Qurilish ishlari 15-noyabrdan Birlashgan energiya xizmati kelajagi MCHJ tomonidan qurilish boshlanib joriy yilning mart oyida qurib bitkazildi. Navbahor tumanidagi 24-sonli umumta'lim maktabda qo'shimcha bino qurilib foydalanishga topshirildi.
Bugun Navbahor tumani "Dul-dul" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 24-sonli umumta'lim maktabining ochilish marosimi bo‘lib o'tdi.
Ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Abror Tuxliyev, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mudiri Nigora Amonova, nuroniy otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.