24.02.2025
Navbahor tumani Barkamol avlod bolalar maktabida Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov Respublikasi Turon bank vakili, tuman hokimining birinchi o'rinbosari Murod Jumaboyev mas’ul korxona tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda: Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida tadbirkorlar tomonidan investisiya loyihalari amalga oshirilishi hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida suhbatlashildi.
Uchrashuvda 20 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Shundan 10 nafariga og'zaki tushunchalar berildi, 5 nafar fuqarolarning muammolari tegishliligi boʻyicha mutasaddilarga topshirildi. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidan yer maydonlari yutib olgan tadbirkorlar duch kelgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha mas’ul rahbarlariga topshiriqlar belgilab berildi.
Shuningdek tadbirkorlarning sohadagi muammolari va takliflari eshitilib, har bir murojaat bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi va tadbirkorlarga to'siq bo'layotgan muammolarni yechimi bo'yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berib ularga muddat belgilanib nazoratga olindi.