24.02.2025
Aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, aholida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Navbahor tumani "O'zbekiston" mahallasi aholisi uchun mahalla binosida oʻtkazildi.
Qabulda Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov, tuman xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Razzoqov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Uyg'un Shukurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyevlar hamda tuman tashkilot rahbarlari mahalla faollari va 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy taʼminoti, taʼlim, tadbirkorlik va chorvachilik yoʻnalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablagʻi olish, sud-xuquq masalasi, uy-taʼmiri, ishga joylashish kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalarni olishdi.
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi.Vaqt talab etiladiganlariga tegishliligi boʻyicha qonuniy yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, taklif va tavsiyalar berildi.
Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda boʻlish, ogʻirini yengil, mushkulini oson qilish — aholining davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlaydi.