20.02.2025
Navbahor tumanidagi 2-sonli Politexnikumga Tatariston Reslublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a'zolari 2-sonli Politexnikumda o'quv jarayonlari bilan tanishdi. Barchamizga ma’lumki ushbu politexnikum dual ta'limi tizimida faoliyatini olib boradi, u yerda turli xil tillarni o'rgatish, veterinariya yo'nalishi, IT yo'nalishi bundan tashqari viloyatimizdagi eng yirik bo'lgan gigant tashkilotlar, tog' kon metalurgiya, Navoiy issiqlik elektrostansiyasi, Navoiyazot AJ kabi tashkilotlar tomonidan mutaxassislar yetishtrilib, ushbu o'rgangan yoshlarni ishga qabul qilish tizimi ham yo'lga qo'yilgan.
Shuningdek tumanimizdagi "Mengi tekistil" tikuvchilik fabrikasi bilan hamkorlikda o'quvchilar tomonidan ishlab tayyorlangan mahsulotlarga ham o'qib turib oylik olish tizimi yo'lga qo'yilgan, mebelchilik sexi, turli xil shirinliklar tayyorlash sexlari bilan tanishdi.
Tadbir davomida Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov, viloyat hokimining o'rinbosari Jamshid Xodjayev, viloyat hokimi o‘rinbosari Elbek G'afforov va bir qator viloyat va tuman mutasaddilari tomonidan delegatsiya a'zolariga sovg'a salomlar ham ulashildi.