07.02.2025
Navbahor tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida joriy yilning 6-fevral sanasida "Oʻquvchi-yoshlarning barkamol shaxs sifatida shakllanishida "Barkamol avlod" bolalar maktablarining tutgan oʻrni" mavzusida viloyat seminari hamda "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi bosh mutaxassisi A.Isroilov, Navoiy viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi R.Hayitova, viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori M.Rahmatova, tuman hokimi oʻrinbosari A.Tuxliyev, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.Amonova, viloyatdagi tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktorlari va nuroniylar tashrif buyurdi.
Tadbir davomida taqdimotlar, koʻrgazmalar namoyishi, mahorat mashgʻulotlari, "Navoiyni yod etib" mavzusidagi gʻazalxonlik hamda musiqiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.