21.01.2025
1-maktab binosida Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi B.Djumayev, Navbahor tumanlararo fuqarolik sudi raisi A.Xamrayev, jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi raisi A.Sa’dullayev tomonidan oʻquvchi hamda oʻqituvchilar ishtirokida seminar mashgʻuloti o‘tkazildi.
Seminar mashgʻuloti davomida sud raislari yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati, sud-huquq sohasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, ularning mazmun mohiyati va ahamiyati, odam savdosi jinoyati, bolalalarni majburiy mehnatga jalb qilinishi huquqbuzarliklari, bolalarga himoya orderi berish tartibi to‘g‘risida savol-javob shaklida fikr almashildi.
Uchrashuv davomida sudyalar davlat tomonidan pedagog xodimlar faoliyati kafolatlanganligini, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 1975-moddasiga muvofiq, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi to‘g‘risida ma’lum qilindi.
Shuningdek,Oʻzbekiston Respublikasining“Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi OʻRQ-996-sonli qonunigako‘ra, quyidagilar:jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va ta’qib etish (bulling) bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shakllaridir.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllari taqiqlanadi hamda qonun bilan ta’qibqilinadi.
Davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘radi.
Qonunga muvofiq:zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari belgilandi, xususan, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi yo‘lga qo‘yildi.
Shunga ko‘ra, himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan beriladi va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshiriladi.
Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik yordam ko‘rsatish, maslahat berish mexanizmi va chora-tadbirlari to‘g‘risida axborot olinishini, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik hollarining oldi olinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning butun hududida tunu kun ishlaydigan ishonch telefoni ishlashini ta’minlaydi.
Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Djumayev Bekzod Abduvoxidovich
Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi