04.01.2025
Navbahor tumani hokimining birinchi o'rinbosari Murod Jumaboyev, tuman hokimining o'rinbosari Mirolim Abdullayevlar hamda mas’ul korxona tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda: Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida tadbirkorlar tomonidan investisiya loyihalari amalga oshirilishi hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida suhbatlashildi.
Qorovultepa mahallasida bo'lgan uchrashuvda 15 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidan yer maydonlari yutib olgan tadbirkorlar duch kelgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha mas’ul rahbarlariga topshiriqlar belgilab berildi.
Shuningdek tadbirkorlarning sohadagi muammolari va takliflari eshitilib, har bir murojaat bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi. Mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tuman hokimi o'rinbosarlari, sektor rahbarlari hamda mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.