24.12.2024
Navbahor tumani hokimligi tashabbusi bilan tuman hokimi Azamat O'roqov, viloyat hokimining o'rinbosari Malika Mamadiyarova, tuman prokurori Baxtiyor Isoqov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Uyg'un Shukurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyev, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Nodir Niyozovlar ishtirokida Navbahor tumanida ijtimoiy reyestrda turgan 200 nafar xotin-qizlar ni farzandlari bilan tuman Madaniyat bo'limi katta konsertlar zaliga taklif etilib, yangi yil bayrami tadbiri tashkil qilindi. Tadbir davomida turli ko'ngilochar loyihalar va konsert dasturi namoyish etilib, 200 nafar bolajonlarning har biriga homiylar ko'magi bilan yangi yil sovgʻalari ulashildi. Bayram tadbiri davomida ijtimoiy reyestrda turgan oilalarni farzandlariga bir olam quvonch ulashildi.