TUMAN RAHBARI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA BO'LDI
16.12.2024
Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov Yangi yo'l mahallasidagi 22-umumta'lim maktabida bo'ldi. Jarayonda maktabning pedagog jamoasi bilan uchrashib, ular bilan maktabda yaratilgan sharoitlar, bugungi kunda ular tomonidan o'quvchilar uchun olib borilayotgan ta'lim sifati bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan dildan suhbat qurildi va albatta pedagoglar ertangi kunimizni belgilovchi bir kasb egasi ekanligi, ular har doim o'z ustida ishlab o'quvchi yoshlarga doimiy nafaqat ta'limda balki tarbiyada ham o'rnak bo'lishi ularni yetaklovchi kishisi bo'lishi kerakli to'g'risida o'z tavsiyalarini berdi.