14.12.2024
Navbahor tumani xalq qabulxonasi boshlig'i Ilhom Razzoqov, tuman IIB boshlig'i Uyg'un Shukurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyevlar tomonidan tumandagi "Barkamol avlod bolalar maktabi" da sayyor qabul o'tkazildi. Qabulda 11 nafar fuqarolar ishtirok etishda. Ushbu sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada amaliy yordam berish, uy ta'mirlash, ish bilan ta'minlashda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi. Fuqarolar tomonidan oʻrtaga tashlangan har bir murojaat tuman hokimi oʻrinbosarlari tomonidan alohida nazoratga olindi. Ommaviy sayyor qabulni oʻtkazishdan asosiy maqsad aholining dardini tinglash, ularni tashvishlantirayotgan muammolarni atroflicha oʻrganish va hal etish, aholining roziligini taʼminlashga qaratild