12.12.2024
Navbahor tuman hokimi Azamat O'roqov, tuman IIB boshlig'i Uyg'un Shukurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyevlar tomonidan 3-sektor hududidagi "Qalqonota" hama "Halovattepa"mahallalarida sayyor qabul o'tkazildi.
Qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etmoqda. Ushbu sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada amaliy yordam berish, uy ta'mirlash, ish bilan ta'minlashda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.
Fuqarolar tomonidan oʻrtaga tashlangan har bir murojaat tuman hokimi oʻrinbosarlari tomonidan alohida nazoratga olindi
Ommaviy sayyor qabulni oʻtkazishdan asosiy maqsad aholining dardini tinglash, ularni tashvishlantirayotgan muammolarni atroflicha oʻrganish va hal etish, aholining roziligini taʼminlashga qaratildi.