KUZ-QISH SHTABI
10.12.2024
Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov tumandagi energiya resurslarini tejash hamda energetika sohasi obyektlarini 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlash chora-tadbirlari bo'yicha Navbahor tumani shtabida tumandagi korxona tashkilot rahbarlari, shtab a'zolari bilan yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilish davomida tuman aholisini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish jumladan gaz, elektr energiya, suv, favqulotda vaziyatlar bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish, ularga ko'mak ko'rsatish kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazishga o'z hissalarini qo'shishlari bo'yicha topshiriqlar berdi