04.12.2024
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida Respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.
Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʻlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.
Navbahor tumanida “Xalqaro nogironlar kuni”ga bagʻishlab oʻtkaziladigan bugungi tadbir ham imkoniyati cheklangan insonlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatda oʻz oʻrinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada hurmatli Prezidentimiz tomonidan nogironlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.
Bugun Navbahor tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Dilkusho” tantanalar uyida 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bayram tadbirida tuman hokimining birinchi o'rinbosari Murod Jumaboyev, tuman hokimi o'rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari soʻzga chiqib, ishtirokchilar dardiga shifo tilab, ularning doimo sogʻ-salomat boʻlib yurishlarida tilak bildirdilar. Ushbu tadbirga tumandagi imkoniyati cheklangan fuqarolar bayram dasturxoni atrofida yigʻildilar.
Navbahor tumanida ham bu borada koʻplab tadbirlar oʻtkazilmoqda.