19.11.2024
Prezidentimizning PQ-259-sonli qaroriga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillar tashabbusi bilan Navbahor tumanidagi 20-sonli umumta'lim maktab binosi qayta ta'mirlanib foydalanishga topshirildi.
Navbahor tumani "Qiziloy" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 20-sonli umumta'lim maktabining ochilish marosimi bo‘lib o'tdi.
Mazkur tantanada tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Uyg'un Shukurov, tuman hokiminimg ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Abror Tuxliyev ishtirok etib, mahalla ahli, ta'lim muassasasi jamoasi hamda o'quvchilarni mustaqillik ayyomi va qayta ta'mirlanib, foydalanishga topshirilgan ta'lim muassasasi ochilishi munosabati bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Ma'lumot o'rnida: Navbahor tumanidagi 20-sonli umumta'lim maktabi 1958-yilda qurilgan bo'lib, 2011-yilda qayta rekonstruksiya qilingan edi. 2024-yil mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan 1 mlrd 860 mln so'm mablag' asosida qayta ta'mirlanib, 180 nafar o'quvchilarni o'z bag'riga oldi.