14.11.2024
Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov, hokim o‘rinbosarlari, mahallaga birikritilgan mas‘ullar hamda mahalla mutasaddilari ishtirokida "Yuqori Beshrabot" mahallasida istiqomat qiluvchi, muammo va murojaatlari bo‘lgan fuqarolar bilan 34-sonli umumta'lim maktabida uchrashuv o‘tkazildi.
Jarayonda fuqarolar tomonidan ishga joylashish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash borasidagi murojaatlarni qabul qilish, fuqarolarning ishga joylashish masalalari, kontrakt, sog’ligini tiklash, moddiy yordam, uy-joy va subsidiya olish, chet davlatlardagi migrantlarni o'z oilasiga qaytarish va ularni ish bilan ta'minlash, og'ir mahalla infratuzilmasini rivojlantirish masalasi hamda boshqa bir qator masalalar yuzasidan bildirilgan har bir murojaat va muammolari mas’ullar ishtirokida birma-bir o’rganildi.
Mazkur murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, ba'zi murojaatlar bo'yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek obodonlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratish, xonadonlarga to'qsonbosti ekinlarni ekish, xonadon atroflarini obodonchiligiga alohida e'tibor qaratish keraklig, to'g'risida o'z fikr mulohazalarini ham bildirdi.