#Jarayon
07.11.2024
Navoiy viloyati barcha tuman/shahar hokimlari va Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshliqlari viloyat boshqarma boshlig'i Ra'no Hayitova va viloyat hokimi o'rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligida Prezidentimiz tashrif buyurgan Navoiy shahridagi eng zamonaviy 22-sonli umumta'lim maktabi va Navbahor 2-son politexnikumida bo'ldilar.
Muassasalarda o'quvchilarni zamonaviy ta'lim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Yurtimizda ta'limni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan islohotlarning natijasini shunday ko'rkam va shinam zamonaviy dargohlar misolida ko'rishimiz mumkinligi ko'p bora ta'kidlandi.