26.10.2024
#Har_bir_murojaat_eʼtiborda...
Uning ortida insonni qiynayotgan, oʻylantirayotgan masalalar, yechimini kutayotgan muammolar turibdi. Murojaatlar ortida kimningdir dardu tashvishi, orzu-oʻylari mujassam boʻladi. Xoʻsh, murojaat qachon qanoatlantirilgan hisoblanadi? Albatta, belgilangan muddatda koʻrib chiqilsa va unda keltirilgan har bir vaj asosli yechimini topsa. Buning uchun murojaatni koʻrib chiqayotgan xodimdan masʼuliyat, murojaat qiluvchidan oʻziga xos madaniyat ham talab qilinadi.
Maʼlumki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda murojaatlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi joriy qilindi. Maqsad nima? Albatta, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda boʻlish, ogʻirini yengil qilish, pirovardida aholining davlat va jamiyatga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, ularni hayotdan rozi qilish oliy maqsaddir. Bu borada davlat idoralarining rahbarlari fuqarolarni murojaatlarini joyida borib oʻrganishmoqda. Muammolarga joyida yechim topilmoqda, aholini qiynayotgan, oʻylantirayotgan masalalar boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Bugun ham Navbahor tuman hokimi Azamat Oʻroqov, tuman xalq qabulxonasi mudiri Ilhom Razzoqov, tuman IIB boshligʻi Uygʻun Shukurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyev va tuman mutasaddilari tumandagi “Xalq qabulxonasi” binosida fuqarolar sayyor qabulini oʻtkazdi. Qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar mutasaddilar tomonidan tinglandi, oʻrganildi va huquqiy tushunchalar berildi.
Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda boʻlish, ogʻirini yengil, mushkulini oson qilish — aholining davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlaydi.