17.10.2024
Daraxtlarning zaharlanishdan tiklanishiga yordam beradigan usullardan biri — shakarli suv bilan sug'orishdir. Bu o'simlik yoki daraxtlar uchun kuch beradi va uni oziqlantiradi.Bunda 10 litr suvga 70 g shakarni aralashtirib, daraxt ostiga sug'orish uchun quyiladi. Suv shirin bo'lib ketishi mumkin emas, aks holda foydali bakteriyalar va ozuqa moddalari o'lishi mumkin. Katta daraxtlar uchun mavsumga qarab, har oyda eni 60-80 sm, pasligi 10-15 sm bo'lgan chuqur hosil qilib, unga shakarli suvni quyish kerak bo'ladi. Daraxtlarning zaharlanishiga yuqori azotli o'g'itlardan foydalanish ham sabab bo'ladi. Yerdagi azotning yuqori darajasi daraxtni ko'p barg hosil qilishga undaydi. Daraxt zaiflashgani sababli, barglardagi faollik daraxtni zo'riqtiradi va uni o'ldirishi mumkin. Shu sababli, tabiiy begona o'tlarga asoslangan o'g'itlar bilan to'yintirish kerak. Haddan tashqari sug'orish ham daraxtlar uchun muammo tug'diradi. Agar daraxt juda issiq joyda bo'lsa, uni ko'p suv berish bilan emas, soya hosil qilish yordamida saqlash kerak. Bu uchun soya to'ridan foydalanish o'rinli tanlovdir. Zaharlangan daraxtlarni davolash uchun birinchi navbatda zahar manbasini aniqlash zarur. : Daraxtning qaysi qismi zararlanganini va qaysi zarralar bilan zaharlanganini aniqlang. Keyin esa zararlangan qismni tozalash, yirik zararlanish bo'lsa, zararlangan shoxlarni kesib tashlash kerak. Bu jarayonni quruq ob-havo sharoitida amalga oshirish tavsiya etiladi. Daraxtni antiseptik yoki maxsus davolash vositalari bilan ishlov berish, shuningdek, kesilgan joylarni maxsus mumi yoki emulsiya bilan qoplash eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Agar zararlanish jiddiy bo'lsa yoki o'zingiz davolay olmasangiz, mutaxassisga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.
Navoiy viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi Navbahor tumani bo’limi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari O‘.Hayitov, F.Ochilov, R.Esanov, A.Jumayev, X.To’raev