15.10.2024
Navbahor tuman kasb-hunar maktabida Navoiy viloyat sudi sudyasi T.Qahhorov, N.Umarov, Sh.Qodirov, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi B.Djumaev, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudi sudyasi A.Bahronovlar tomonidan maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida sud-huquq sohasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ularning mazmun mohiyati va ahamiyati, shuningdek, o‘qituvchi va pedagog xodimlarning sha’ni va qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘si himoyasi to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.
Uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 52-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etilishi, davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanganligi ta’kidlandi.
O‘z navbatida, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida so‘z yuritildi.
Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1975-moddasiga muvofiq, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishini;
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish jazo chorasiga sabab bo‘lishi haqida yig‘ilish ishtirokchilarining e’tiboriga yetkazildi.
Ushbu davra suhbati davomida sudyalar tomonidan maktab o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan bergan savol va murojaatlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Djumaev Bekzod Abduvoxidovich
Navbahor tumanlararo iqtisodiy
sudi raisi