24.09.2024
#LIVE
Bugun Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashining navbatdagi sakson birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyasi muhokamasiga quyidagi asosiy masalalar kiritilgan.
Jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakunlariga koʻra “gʻolib” takliflarni tanlab olish hamda “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” dagi mablagʻlarni mazkur tadbirlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masalalar hamda kun tartibiga qoʻshimcha masala ham kiritilgan boʻlib bu: Navbahor tuman “Inson ijtimoiy xizmatlar" markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024-yildagi 313-sonli qarorini ijrosini taʼminlash borasida koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Sessiya yakunida koʻrilgan masalalar yuzasidan deputatlar munosabat bidirishib tegishli qarorlar qabul qilindi.