13.09.2024
Bugun Navbahor tumani hokimligi binosining majlislar zalida Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov, Respublika ishchi guruhi vakili Erkin Bayniyazov, viloyat hokimining o'rinbosari Malika Mamadiyarova, tuman sektor rahbarlari, tegishli mas'ul tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda mutaxassislar tomonidan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida mas'ullarga tegishli tushunchalar berildi.
Seminar davomida tuman mas'ullari tomonidan “Ayollar daftari”ni namunali tarzda tashkil etish bo‘yicha taqdimot qilindi.
Shuningdek, tuman rahbari mas'ullarga “Ayollar daftari”ni yuritishni namunali tashkil etish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berdi.