06.09.2024
Navbahor tumani hokimligi matbuot xizmati tomonidan obodonlashtirish boʻlimi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Bilamizki obodonlashtirish boʻlimi xodimlarining ishi judayam mashaqqatli kasb hisoblanadi. Ushbu ochiq muloqotda obodonlashtirish boʻlimi xodimlarini ish faoliyatini yaqindan tanishish va hozirgi kunda aynan ushbu soha vakillariga ish faoliyatida yordam berish, fuqarolar tomonidan turli joylarga chiqindilarni tashlab ketmaslikni targʻib qilish masalalari yetakchilik qildi.
Obodonlashtirish boshqarmasida jami 210 nafar ishchi-xodim boʻlib, 5 ta boʻlim boʻyicha oʻz ish faoliyatini olib boradi. Koʻkalam, nur, qabristonlar qarovsiz qolgan itlar va tik quduqlar yo‘nalishlari hisoblanadi. Navbahor tumanida 41 ta mahallalarda jami 58 ta qabriston obodonlashtirish boʻlimi xodimlari biriktirilgan holatda ish faoliyatini olib boradi.
Ochiq muloqоt obodonlashtirish boʻlimi xodimlari bilan doʻstona tarzda savol-javoblar bilan oʻtkazildi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Oylik maoshi, ish jadvali kabi mavzular bilan suhbat qizgʻin boʻldi.
Obodonlashtirish boʻlimi bilan aynan ommaviy axborot vositalari xodimlari tozalikka urgʻu berilgan holatda targʻibot ishlarini olib borishi kelishib olindi. Zero har birimiz mashaqqat ila qilingan mehnatni qadriga yetaylik. Shunda bizning insoniyligimiz amalimizda namoyon boʻladi.