04.09.2024
#Bir_bulsak_yagona_xalqmiz
#Birlashsak_Vatanmiz
BIRINCHI QO'NG'IROQ
BIRINCHI QO'NG'IROQ SADOLARI OSTIDA YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI
Oʻquv yilining dastlabki soatlarida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan “Bir bo'lsak yagona xalqmiz birlashsak- Vatanmiz” shiori ostida “Mustaqillik darslari” va “Maʼnaviyat soatlari” oʻtkazildi.
Tumandagi 9-umumtaʼlim maktabida 1087 nafar oʻquvchi tahsil oladi. Ularga 106 nafar mutaxassis oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya bermoqda. Taʼlim maskanida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Shundan soʻng tuman hokimi Oʻroqov Azamat Shodiyevich tadbir ishtirokchilari huzurida soʻzga chiqib, barchani mustaqilligimizning oʻttiz uch yiligi hamda boshlanayotgan yangi oʻquv yili bilan tabrikladi. Tadbirda oʻquvchi-yoshlar oʻzlari tayyorlagan badiiy dasturlarini namoyish etishdi.
Tantanali tadbirdan soʻng barcha oʻquvchilar sinflarga yoʻl oldi. Tuman hokimi maktabning 11-sinf oʻquvchilariga “Mustaqillik darsi”ni oʻtdi. Mustaqillik – eng ulugʻ neʼmat. Mamlakatimiz tarixan qisqa davrda jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallagani, ulkan yutuq va marralarni qoʻlga kiritgani, bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan Yangi Oʻzbekistondagi oʻzgarish va yangilanishlarni misollar asosida tushuntirib berdi.
Kelajak sari intilayotgan yoshlarga Vatanni sevish haqiqiy baxt ekanligi, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qoʻshish har bir oʻgʻil-qizning burchiga aylanishi, asosiysi, bu niyat hamda maqsadlarga erishish yoʻlida oʻquvchilar kuchli bilimga ega boʻlishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligini alohida taʼkidladi, – tuman hokimi.
Tuman hokimi maktab ostonasiga ilk bor qadam qoʻyayotgan 125 nafar jajji oʻgʻil-qizlarga va maktabning 11-sinf oʻquvchilariga turli xildagi kitoblarni esdalik sovgʻasi sifatida topshirdi.
Yangi oʻquv yili boshlanishiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar barcha umumtaʼlim maktablarida ham boʻlib oʻtdi. Tadbirlarda korxona, tashkilot, muassasalar vakillari, targʻibotchilar, keng jamoatchilik, deputatlar ishtirok etdilar.