BURQUT MAHALLASIDA SAYYOR QABUL OʻTKAZILDI
21.08.2024
Navbahor tumani hokimi Azamat O‘roqov, tuman prokurori Baxtiyor Isoqov, tuman IIB boshlig‘i Uyg‘un Shukurov va tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sherali Berdiyevlar ishtirokida tumanning — Burqut mahallasida aholi va tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida ushbu mahalla aholisi va tadbirkorlarining 15 nafardan ortiq fuqarolarning turli yo‘nalishdagi muammolari tinglandi.
Barcha murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.