05.08.2024
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali hamda tumangaz gaz taʼminoti bo‘limi masʼullari tumandagi “Navbahor” va “Yuqori Beshrabot” mahallalarida bo‘lib maishiy gaz ballon o‘z vaqtida yetkazilishi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishdi. Aytish kerakki, tumandai bugungi kunda 19 ming 400 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchisi mavjud. Har qanday ob-havo sharoitiga qaramay aholi xonadonlariga gaz ballonlar o‘z vaqtida o‘tkazilishi gaz taʼminoti korxonasi tomonidan nazorat qilib boriladi. 700 ta isteʼmolchiga ega “Yuqori Beshrabot” mahallasida ham gaz ballonlar vaqtida egalariga yetkazilmoqda. - Turmush o‘rtog‘im bilan ikkalamiz yashaymiz hovlimizda, - deydi biz bilan suhbatda Sh. Mirzayeva. – Mashiy gaz ballon har 35-40 kunda keladi mahallamizga. Maishiy gaz ballon olish masalasida hech bir muammoimiz yo‘q. Gaz taʼminoti masʼulllari 764 ta isteʼmolchisi mavjud “Navbahor” mahallasida ham o‘rganish ishlarini davom ettirishdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning maishiy gaz ballon bog‘liq taklif, fikrlari tinglandi. Maishiy gaz ballon esa bu mahallaga ham o‘z vaqtida aholi xonadonlariga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, o‘rganishlar davomida aholiga maishiy gaz ballonlardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ham berildi. Gaz bilan bog‘liq favqulodda hodisalar sodir bo‘lganda avariya dispetcherlik xizmatining “104”, raqamiga, taklif va shikoyatlar yuzasidan esa “1104” raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari, suyultirilgan gazdan oqilona foydalanishlari yana bir karra taʼkidlab o‘tildi.