22.07.2024
Navbahor tumani hokimi Azamat О'roqov hamda mas’ul korxona tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda: Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida tadbirkorlar tomonidan investisiya loyihalari amalga oshirilishi hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida suhbatlashildi. Uchrashuvda 20 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidan yer maydonlari yutib olgan tadbirkorlar duch kelgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha mas’ul rahbarlariga topshiriqlar belgilab berildi. Shuningdek tadbirkorlarning sohadagi muammolari va takliflari eshitilib, har bir murojaat bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi. Mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tuman hokimi o'rinbosarlari, sektor rahbarlari hamda mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.