20.07.2024
Qandalalar (lotincha: Heteroptera), asl yarimqattiqqanotlilar — chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. 40 mingga yaqin turi maʼlum; quruqlikda, shuningdek, tropik va subtropiklardagi suv havzalarida yashaydi. Tanasining uz. I mm dan 12 sm gacha. Boshining ikki yonida murakkab (baʼzan tepa qismida yana oddiy) koʻzlari bor; 4, kamdankam 3-5 boʻgʻimli moʻylovi ipsimon, toʻgʻnogʻichsimon yoki dumaloq. Sanchibsoʻruvchi ogʻiz apparati boʻgʻimli xartumcha koʻrinishida. Qanotlari 2 juft. Old qanotlarining uchi pardasymon, tiniq, qolgan qismi kuchli xitiilashgan. Orqa qanotlari pardasimon, tiniq. 3 juft oyoqlari yurish, yugurish, shuningdek, hayot tarziga bogʻliq holda kavlash, suvda suzish, tutib olish va boshqalarga moslashgan. Koʻpchilik qandalaning orqa koʻkragining ikki yoni bilan 2 va 3juft oyoqlarining toslari oraligʻiga hid chiqaruvchi bez teshiklari ochilgan. Tuxumi, asosan, bochkasimon, noksimon, tuxumsimon boʻlib, uchki qismida qopqogʻi bor. Lichinkasining tashqi koʻrinishi va hayot tarzi yetuk qandalanikiga oʻxshash. Koʻpincha zararkunanda yilda bir avlod beradi. Urgʻochisi tuxumini oʻsimlik yoki boshqa narsalar sirtiga, oʻsimlik toʻqimasi ichiga, baʼzilari (ayrim zararkunanda qanandala) erkagining orqasiga (tuxumdan lichinka chiqqunga qadar erkagi koʻtarib yuradi) qoʻyadi. Odatda, yetuk qandala (soʻqir qandalaning faqat tuxumi) qishlaydi. U issiq va quruq iqlimli sharoitda yashashga juda yaxshi moslashgan
Qandalalarning gʻoʻzaga tuxum qoʻyishi may oyi oxirida boshlanadi, ommaviy tuxum qoʻyishi esa iyunning birinchi dekadasida kuzatiladi. Zararkunanda sanchib soʻrgan joyda nim-qoʻrgʻoshin rangli dogʻlar paydo boʻladi. Gʻoʻzada tuxum barg bandiga va poyaning oʻsish konusiga yaqinroq joyga qoʻyiladi. Dala qandalalarining ikkinchi avlod lichinkalari bedada iyun oyi oʻrtalarida, gʻoʻzada bundan 5-7 kun keyin paydo boʻladi. Qandalalar uchinchi avlodi ayrim lichinkalarning paydo boʻlishi iyul oyining ikkinchi dekadasi boshlarida ommaviy koʻchish 4-5 kundan soʻng kuzatiladi
Qandalalar zarari dala va beda qandalasi meva, don, dukakli va poliz ekinlarini ayniqsa beda, lavlagi, makkajoʻxori va tamakini, gʻoʻza, qovoq, kartoshka va boshqa oʻsimliklarni zararlaydi. Oʻtkazilgan tadqiqotlar qandala bilan zararlangan gʻoʻzada shona, gul, gʻuncha va koʻsaklarni toʻkilib ketishi va barglarni sargʻayib, qurib qolishini koʻrsatdi. Qandalalar bilan gʻoʻzani zararlanishi, oʻsimlikda nafas olish intensivligining va oksidlovchi fermentlar faolligining kamayishiga, xosilni sezilarli yoʻqolishiga, tola sifatining yomonlashuviga, yosh hosil elementlarining tukilishi va urugʻning yaroqsizlanishiga olib keladi
Gʻoʻzani yoppasiga zararlaganda paxta hosilini 40-50% ayrim holatlarda 70-80% gacha yoʻqotilishiga sabab boʻladi
Qandalalarning g’o’za maydonida tarqalishini oldini olish uchun tavsiyalar— gʻoʻzani muddatidan oldin ayniqsa birinchi sugʻorishda xamda tuproqning oʻta namlanishiga yul kuymaslik zarur chunki bu xol dala qandalasining gʻoʻza ekiniga oʻtishining asosiy sabablaridan biri xisoblanadi
Soʻruvchi hasharotlarga qarshi gʻoʻza, beda va boshqa ekinlarda qoʻllash uchun ruxsat etilgan barcha fosfororganik insektoakaritsidlar qandalalarga qarshi xam samarali vosita xisoblanadi. Ammo ularning issiqqonli xayvonlarga va foydali hasharotlar uchun yuqori darajada zaxarli ekanligi va atrof muhitga taʼsir etuvchi boshka salbiy tomonlari ularni amalda qoʻllashda nihoyatda extiyotkorlikni talab etadi
Navoiy viloyati O’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Konimex tumani fitosanitar nazorati davlat nazorati inspektorlari F.Umurova, D.Suyundikov