11.05.2024
NAVBAHOR TUMANI MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI BINOSIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILMOQDA
Navbahor tumani hokimi Azamat О'roqov, tuman prokurori Baxtiyor Isoqov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Uyg'un Shukurov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyevlar tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha ochiq muloqot oʻtkazdi.
Ushrashuv davomida tuman savdo-sanoat palatasi mutasaddilari, tumandagi iqtisodiy kompleks tashkilotlar, moliya bo'limi, tijorat banklarining rahbarlari hamda 20 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirkorlarning sohadagi muammolari va takliflari eshitilib, har bir murojaat bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi. Mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.