Milliy va diniy bagrikenglik millatlararo totuvlik

#Navbahor tumani
#9-maktab
#Yozni kamalak bilan

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam orin egallayotgan bagrikenglik tamoyili togrisida  shunday deydi: "Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda kop asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondostlik, ezgulik, qalb saxovati va tom manodagi bagrikenglik bizning xalqimizga doimo xos bolgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi. Ozbekistonning kelajagi tinchlik va bagrikenglik, madaniyatlararo uygunlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bogliqdir.
Ozbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga oz etiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular ortasida qadimiy mushtarak ananalarni rivojlantirishga alohida etibor qaratib kelinmoqda.
 "Yozni "Kamalak" bilan" loyihasi doirasida, "Milliy va diniy bagrikenglik millatlararo totuvlik, "O'zbekiston islom madaniyati markazi"  mavzularida Mirzo Ulug'bek MFY binosida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Navbahor tuman bosh imom xatibi F.Toshev, 9-maktab yoshlar yetakchisi J.Maxamatov, Mirzo Ulug'bek MFY raisi Yu.To'rayev, Mirzo Ulug'bek MFY oila, xotin-qizlar va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha rais o'rinbosari D.Safarova hamda "Kamalak" sardorlari va ota-onalar ishtirok etdilar. Davra suhbatini tuman bosh imom xatibi ochib berib, yurtimizda millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida yuritilayotgan oqilona siyosat asosida har bir shaxsning vijdon va etiqod erkinligi, diniy qarashlaridan qati nazar teng huquqliligi taminlanayotgani, shuningdek, respublikamizdagi diniy tashkilotlar jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash borasida sermahsul faoliyat olib  borayotganligi, shuningdek yurtimizda diniy ekstremizm va murosasizlikka qarshi mafkuraviy kurashning muhim omili sifatida yoshlarda bagrikenglik madaniyatini shakllantirish ekani qayd etildi hamda bagrikenglik madaniyatini kamol toptirish yollari, imkoniyatlari va bu boradagi ustivor vazifalar yoritib berildi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bolmagani kabi, bagrikengliksiz tinchlik ham bolmaydi, deb takidlandi.
Yoshlarga tinchlik va bagrikenglikning ulug nemat ekani, uni qadriga yetish, jamiyat tinchligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar togrisida zarur malumotlarni berish, ularda Ozbekistonning madaniy rangbarangligi, yurtimizdagi millat va elatlarning urf-odatlari va ananalarini hurmat qilish, shuningdek, ana shu madaniy turfaxillikni asrab-avaylash kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga egaligi takidlab otildi.
Yoshlar yetakchisi tomonidan o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini yoz mavsumida mazmunli o'tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgani, vaqtlarini besamar o'tkazmasliklarini, internetdan faqatgina unumli foydalanishlari va har xil saytlarga kirib ketmasliklari, ko'chalarda yurish-turishlari, odobi-axloqi to'g'risida o'z fikrlarini aytib o'tdi.
Mirzo Ulug'bek MFY raisi va o'rinbosari ham o'quvchi-yoshlarni kamol topishlarida faqatgina bilim, ilm olishlari, yurtimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, sharoitlar to'g'risida gapirib o'tdilar. Davra suhbati so'nggida tuman bosh imom xatibi fotiha duo o'qib, o'quvchi-yoshlarga ajoyib ezgu tilaklarini bildirib suhbatni yakunladilar.   
Milliy va diniy bagrikenglik  millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bagrikenglik  millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bagrikenglik  millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bagrikenglik  millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bagrikenglik  millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bagrikenglik  millatlararo totuvlik                                   

қ , , CTRL + ENTER .