Ranglar jilosida-Ona diyor

Navbahor tuman "Barkamol avlod"bolalar maktabda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligini munosib kutib olish va ushbu qutlug‘ sanani yuksak darajada nishonlash maqsadida "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz"degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan "Ranglar jilosida-Ona diyor" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilindi.Tanlovda "Liboslar dizayni" to'garak a'zosi Hamroyeva Bahora 1-o'rin, "Bichish-tikish" to'garak a'zosi Farxodova Dilfuza 2-o'rin,"Tasviriy san'at" to'garak a'zosi Hakimova Zilola 3-o'rinlarni egallab "Barkamol avlod"bolalar maktabi tomonidan diplom va o'quv qurollari bilan taqdirlandilar.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.