O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-yanvardagi "2021-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, vazirlik idoralar, xo’jalik birlashmalari va hokimlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari to’g’risida”gi 13-son Rayosati majlisi bayoni hamda O’zbekiston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligining 2022-yil 3-yanvardagi 7-son bayonlariga muvofiq muvofiq ijtimoiy sohaga oid muammolarni o’rganish yuzasidan 09.03.2022-yilda Navoiy viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Navbahor tumanida Sayyor qabul o’tkazildi.
Sayyor qabulda Navoiy viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan reabilitatsiya texnik vositasiga muhtojlarni murojaatlari va muammolari batafsil o’rganilib, nogironligi bo’lgan shaxslar hamda yoshga doir pensionerlardan 2 nafari xassa, 1 nafari eshitish moslamalari bilan ta’minlandi.
Shuningdek Sayyor qabulda hozirda nogironlik nafaqasiga chiqolmay yurgan va boshqa masalalar bo’yicha 29 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha o’rganilib, fuqarolarga Navoiy viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i O.Safarov, hamda ko’p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri J.Madaliyev tomonidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berildi.