NAVBAHOR TUMANIDA YOSHLAR SAYLI BO'LIB O'TDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-apreldagi yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni sanʼat, jismoniy tarbiya, va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Navbahor tumani markaziy oʻyingohida "Oʻzbekiston - yoshlar mamlakati!” shiori ostida madaniy konsert dasturi oʻtkazildi.

Tumanimiz ahlining kayfiyatini ko'tarish maqsadida elimiz suygan san'atkor Elyor Meliboyev, so'z ustasi Nodir Hayitovlar tashrif buyurishdi. Tadbir davomida san'atkorlar tomonidan aytilgan kuy-qo'shiqlar aholimiz kayfiyatini ko'tarishga xizmat qilibgina qolmasdan, ularda ertangi kunga bo`lgan ishonchni va shukronalik hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.