Sardorlar saylovi

Navbahor tumanidagi "Keskanterak" tashabbuslar madaniyat uyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining tuman sardorlar Kengashi uchun "Sardorlar saylovi" o‘tkazildi. Saylovda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navbahor tuman Kengashi raisi Ubaydullayev Doston Ubaydullayevich, amaldagi tuman "Ittifoq" bosh sardori Lobar Davronovalar ishtirok etdilar. Ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan sardorlikka nomzod 32 nafar o'quvchilar o'z dasturlarini tanishtirdilar. "Kamalak" va  "Ittifoq" tuman  sardorligiga 6 ta yo'nalishlar hamda bosh sardorlardan iborat 14 nafar munosib nomzodlar saylandilar. Maktab sardorligiga saylangan 14 nafar Sardorlar Kengashi a'zolariga tuman Kengashi raisi tomonidan "Ishonch yorliqlari" topshirildi.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.