Navbahor sessiya

Bugun xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining navbatdagi 45-sessiyasi bo`lib o`tdi. Sessiya ishini Kengash raisi L.Oblaqulov olib bordi va kun tartibida quyidagi masalalar ko`rib chiqildi.
1. Navbahor tuman adliya boʻlimining 2022-yil davomida huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axboroti toʻgʻrisida.
Axborot beruvchi: E.Fayzullayev-Tuman adliya boʻlimi boshligʻi
2. Navbahor tuman "Yangiyoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini "shoʻrtepa” massivida tumandagi 14 ta mahallalarda yashovchi "Temir daftar"ga kiritilgan fuqarolarni bandligini taʼminlash maqsadida 2020-yilda 78 nafar fuqarolarga 2 sotiхdan issiqxona qurib foydalanishga topshirilgan issiqxonalarni 1 sotiх maydoni Oʻzbekiston Respublikasi bandlik jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtgan 3163-sonli buyrugʻiga asosan subsidiya ajratish orqali qolgan 1 sotiх maydoni ATB Turon bank Navoiy filiali tomonidan imtiyozli kredit mablagʻlari orqali qurib berilgan issiqxonalarni samarasiz foydalanganligi uchun xonadonlariga koʻchirish masalasi toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchilar:
Q.Choʻliyev- Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining "Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi.
A.Xayitov - AT "Turon bank” viloyat filiali boshqaruchisi.
E.Avezov –Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi "Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-sonli Farmonining tumandagi ijrosi hamda Navbahor tuman jinoyat, fuqarolik ishlari, iqtisodiy sudlar tomonidan 2022-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlari toʻgʻrisida.
Axborot beruvchilar:
A.Ibodov -Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi raisi,
A.Hamroyev.-Fuqarolik ishlari boʻyicha Navbahor tumanlararo sudi raisi,
Sh.Hamidov -Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4102-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Navbahor tuman Xalq qabulxonasining 2022-yil 05-apreldagi 01-21/49-sonli xati ijrosi toʻgʻrisida.
Axborot beruvchi: I.Razzoqov- Navbahor tuman Xalq qabulxonasi mudiri.
5. Tuman hududida 2022-yilning 3 oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar va yoʻl harakati хavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlari va jinoyatchilik ahvoli toʻgʻrisida
Axborot beruvchi: U.B.Shukurov- tuman ichki ishlar boʻlim boshligʻi podpolkovnik
6. Mahalliy byudjet ijrosi toʻgʻrisida, shuningdek, tumanning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qoʻshimcha manbalarini shakllantirish hamda qoʻshimcha manbalardan foydalanish yoʻnalishlari, jumladan, mahalliy byudjetning daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi: M.Jumaboyev-tuman moliya boʻlimi mudiri.
7. Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati qoʻshimcha rezervlarni aniqlash boʻyicha ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda toʻlanganligi, ular boʻyicha soliq qarzdorligi toʻgʻrisida
Hisobot beruvchi: F.Ergashev- tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi
8. Tumanda ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarining bajarilishi to’g`risida.
Hisobot beruvchi: G.Ergashova – Navbahor tumani hokimi oʻrinbosari
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda qonunchilik xujjatlari va topshiriqlar ijrosining borishi hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilish holati toʻgʻrisida
Hisobot beruvchi: A.Raxmonov- tuman hokimligi devonxona mudiri
10. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Navbahor tuman "Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy yordam ajratish toʻgʻrisida va boshqa masalalar ko`rib chiqildi, tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama qilindi va ma`qullandi.
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya
Navbahor sessiya

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.