Navbahor tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni tayinlanishi va to‘lanishi yuzasidan tumandagi "Uch tut" mahallasi fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu sayyor uchrashuvda ijtimoiy nafaqalarning tayinlanishi tartibi, hujjat topshirish tartibi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari va mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Sayyor uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy nafaqalar tayinlanishi masalalarida savollar berildi.
Fuqarolar tomonidan berilgan savollarga bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari O.Haydarov va bo‘lim mutaxassisi Z.Bozorov tomonidan qonuniy tushuntirishlar berildi.