Navbahor tuman Yoshlar ishlari agentligida matbuot anjumani

                                                                                                      
Navbahor tumanida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo`limi tomonidan 2021 yil birinchi yarim yilligi davomida olib borilgan ishlar borasida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tuman yoshlar ishlari agentligi bo`limi boshlig‘i Z.Abdiyev matbuot anjumanida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida mahallalar kesimida "Yoshlar balansi” shakllantirilib shu asnosida "Yoshlar daftari” tizimi joriy etilganligi va "Yoshlar daftari ”platformasini yuritish ishlarining borishi, yoshlarning tadbirkorlikka o‘qitilishi va ularga ajratilgan imtiyozli kreditlar,subsidiya va boshqa tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan jixozlar berilishgi,muammosi hal etilgan yoshlarning "Yoshlar daftari”dan chiqarilishi, yoshlarning hunarmandlarga biriktirilishi va ustoz-shogird an’analari asosida hunarmandchilikni o‘rgatib, o‘zlari mustaqil faoliyat yuritayotganligi, shu bilan bir qatorda, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tumanda moliyaviy manbalari aniq belgilangan alohida jamg‘armalar tashkil etilgan, yoshlar muammolari va murojaatlari bilan ishlashning yangicha mexanizmi joriy etilganligi, yoshlarga "yoshlardaftari.uz” elektron platformasi yoki "1093” qisqa raqamli koll-markazi orqali onlayn ariza qoldirishlari va muammosi yechilganligi to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyati yaratilganligi to‘g‘risida 15 daqiqa davomida tahliliy ma’lumot berdi. Shaffoflik,ochiq va oshkoralik ruhida o‘tgan ushbu matbuot anjumanida OAV va ijtimoiy tarmoqlarning vakillari  ishtirok etib o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.                                                                    Navbahor tuman Yoshlar ishlari agentligida matbuot anjumani
Navbahor tuman Yoshlar ishlari agentligida matbuot anjumani
Navbahor tuman Yoshlar ishlari agentligida matbuot anjumani
Navbahor tuman Yoshlar ishlari agentligida matbuot anjumani
Navbahor tuman Yoshlar ishlari agentligida matbuot anjumani                                                            

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.