VILOYAT RAHBARI BAYRAM ARAFASIDA BEMORLAR HOLIDAN XABAR OLDI


Bayram kunlari muhtojlar holidan xabar olish, ularning og‘irini yengil qilish va dardiga malham bo‘lish xalqimizga xos eng yuksak fazilatlardan biridir.
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi "Uchtut” mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi A.Ahmedovning xonadonida bo‘ldi. Bemor va uning oila a’zolari bilan suhbatlashib, bayram sovg‘alari va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazdi.
Shuningdek, viloyat rahbari "Yosh kuch” mahallasida yashovchi O‘.Qorayev xonadoniga tashrif buyurdi. Ushbu fuqaro 15 yildan bo‘yon qandli diabet kasalligiga chalingani hamda muntazam davolanib kelishini ta’kidladi.
Viloyat hokimi ushbu fuqaroning holidan xabar olib, xonadon ahlini yashash sharoitini yaxshilash maqsadida uylarini ta’mirlash, yangi eshiklar o‘rnatish hamda oshxona qurilishida amaliy yordam beradigan bo‘ldi.
Bemorga nogironlik aravachasi berilishi bo‘yicha ham mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.
 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.